RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 26-oktabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Bavariya Alp togʻlarida Gitlerning yonib ketgan sobiq choy uyi qayta tiklanishi rejalashtirilmoqda

Yongʻin 23-oktabr kuni sodir boʻldi; voqeaga aloqadorlikda gumon qilinib, Germaniyaning 33 yoshli fuqarosi qoʻlga olindi.

26-oktabr, 10:49По-русски

Read in English

commons.wikimedia.org — DominikCK1999

Bavariya ichki ishlar vaziri Yoaxim Herrmann bino vayrona holida tashlab qoʻyilmasligiga ishontirdi, deb xabar beradi Associated Press. 1938-yilda Adolf Gitler uchun 1834 metr balandlikda qurilgan uyni aynan qanday tiklash masalasini rasmiylar hali hal qilgani yoʻq.

Binoning joylashuvi yongʻinni oʻchirishni qiyinlashtirdi, kuchli shamol va mavsumning ilk qori esa oʻt oʻchiruvchilarga xalaqit berdi. Qoʻlga olingan shaxs tekshiruvdan oʻtkazish uchun yuborildi; politsiya oʻt qoʻyishning ehtimoliy sabablarini ham oʻrganmoqda.

«Kelshtaynhaus»da kafe va bino tarixiga bagʻishlangan koʻrgazma faoliyat yuritgan. Asosiy tarixiy koʻrgazma markaziga yongʻin zarar yetkazmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing