RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 23-oktabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Mass Effect franshizasi asosidagi serial hozircha bekor qilinmadi

EA BioWareʼni yopishini eʼlon qilganidan keyin ham teleloyihaning ijodiy jamoasi, jumladan shouranner va ssenariy muallifi toʻliq tarkibda saqlanib qoldi.

22-oktabr, 15:19По-русски
drop-assets.ea.com — Официальный сайт EA Games - кадр из игры Mass Effect

IGNʼning taʼkidlashicha, kult darajasidagi ilmiy-fantastik videooʻyin asosida ishlanayotgan Mass Effect teleseriali EA BioWareʼni yopishini eʼlon qilganiga qaramay, ishlab chiqilishda davom etmoqda.

2025-yil avgust holatiga koʻra, loyiha shouranneri Dug Yung va ssenariy muallifi Deniel Keysi edi. Jamoa tarkibida, shuningdek, «Jessica Jones» serialining ijrochi prodyuseri Karim Zreyek, BioWareʼda Mass Effectʼni ishlab chiqishga masʼul boʻlgan Mayk Gambl va Marvel Studiosʼning sobiq rahbari Ari Arad ham bor edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Birlamchi manba: IGN

Yana oʻqing