Oʻzbekistonda har yili bir million yoshga oʻyinlar yaratish va robototexnika boʻyicha taʼlim berila boshlanadi
2030 yilgacha mamlakatda raqamli iqtisodiyotning yangi segmentlarida yana 500 mingta ish oʻrnini taʼminlash kerak.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raqamli taʼlim ekotizimini rivojlantirishga oid materiallar bilan tanishdi. IT sohasida 300 mingta ish oʻrni yaratish maqsadi allaqachon bajarilgan. 2030 yilgacha yoshlarni kunduzgi va masofaviy formatlarda oʻqitish rejalashtirilmoqda — jami 5,5 million kishi taʼlim oladi.
Prezident har yili 1 mln yoshga robototexnika, kompyuter oʻyinlarini ishlab chiqish, startaplar yaratish va boshqa istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim berish vazifasini qoʻydi.
Maktab oʻquvchilari uchun «Al-Xorazmiy vorislari» va «Sunʼiy intellektning besh million yetakchisi» loyihalarini kengaytirish, bunda oliy taʼlim muassasalari va xususiy oʻquv markazlari resurslarini birlashtirish rejalashtirilmoqda. Dasturlarga sunʼiy intellekt, mikrosxemalarni loyihalash, uchuvchisiz texnologiyalar va kompyuter oʻyinlarini ishlab chiqish yoʻnalishlarini qoʻshish taklif etilmoqda. Shuningdek, informatika oʻqituvchilarining malakasini oshirish hamda Fargʻona tajribasini hisobga olgan holda iOS dasturchilarini tayyorlash markazlarini ochish rejalashtirilmoqda.
«Raqamli yoshlar» platformasi taʼlim, koʻnikmalar, tillar va sertifikatlar haqidagi maʼlumotlarni birlashtirib, mos vakansiyalarni tanlash va ishga joylashishni kuzatib borish imkonini beradi. Grantlarni raqamli taʼlim, kadrlar tayyorlash va chekka hududlarda markazlar tashkil etishga yoʻnaltirish taklif etilmoqda.



