Iliq kun va kechasi sovuq tushishi: 26-oktabr kuni Oʻzbekistonda ob-havo
Yogʻingarchilik kutilmaydi; aksariyat hududlarda sharqdan esadigan shamol 5–14 m/s gacha kuchayadi.
26-oktabr, 18:42По-русски
Oʻzgidromet 26-oktabr, dushanba kuni Oʻzbekiston boʻylab oʻzgaruvchan bulutli ob-havoni prognoz qilmoqda. Kunduzi havo harorati +23 darajagacha koʻtariladi, ayrim joylarda esa kechasi noldan pastga tushadi.
Toshkentda kechasi +5…+7, kunduzi esa +18…+20 daraja boʻladi. Eng past tungi harorat Qoraqalpogʻiston va Xorazmda, eng yuqori kunduzgi harorat esa Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kutilmoqda. Togʻlarda kechasi havo harorati nol daraja atrofida, kunduzi esa moʻtadil salqin boʻladi.




