RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 23-oktabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻzbekiston

Samarqandda Bolalar farovonligi boʻyicha Jahon sammiti oʻtkazilmoqda

Tadbirlarda 100 dan ortiq mamlakatdan davlatlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning qariyb 600 nafar vakili ishtirok etmoqda.

22-oktabr, 15:46По-русски
ihma.uz — Официальный сайт Национального агентства социальной защиты

Sammit Oʻzbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh kotibining bolalarga nisbatan zoʻravonlik masalasi boʻyicha maxsus vakili, YuNISEF, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Ishtirokchilar investitsiyalarni taʼlim, tibbiy yordam, zoʻravonlikdan himoya qilish va bolalar uchun teng imkoniyatlarni taʼminlashga qanday yoʻnaltirish mumkinligini muhokama qilmoqda. Uchrashuv doirasida xorijiy delegatsiyalarga ijtimoiy obyektlar, inklyuziv markazlar hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining pilot loyihalari namoyish etilmoqda.

“Bola nigohidagi dunyo” koʻrgazmasida bolalar salomatligini muhofaza qilish, taʼlim va ijtimoiy himoya sohalaridagi islohotlar taqdim etilgan. Sammit yakunlari boʻyicha bolalar farovonligiga investitsiyalar kiritish haqidagi Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish kutilmoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva yosh avlodga kiritiladigan sarmoyani mamlakat amalga oshirishi mumkin boʻlgan eng yaxshi investitsiya deb atadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing