VEON Perfectum operatorini 207 mln dollarga sotib olishini eʼlon qildi
Zarur ruxsatnomalar olindi, bitimni yakunlash esa 2026-yil oktabr oyi oxirigacha kutilmoqda.
VEON Perfectum brendi ostida faoliyat yurituvchi mobil aloqa operatori Rubicon Wireless kompaniyasining 100 foizini sotib olish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bitimning umumiy qiymatiga kompaniya qarzdorligi ham kiradi, xolding esa bitimning pul qismini oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydi.
Bitim yakunlangach, Beeline Uzbekistan qoʻshimcha chastotalar, uskunalar va infratuzilmaga, jumladan Nokia uskunalariga asoslangan 5G Standalone tarmogʻiga ega boʻladi. VEON bu operatorning radiochastota resurslarini taxminan 50 foizga oshirishi, tarmoq qamrovi va oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirishi, shuningdek, 5G hamda uylar va biznes uchun simsiz internetni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashini kutmoqda.
Kompaniya tarmoqlarni integratsiya qilish hisobiga kelgusidagi kapital va operatsion xarajatlarni qisqartirishga ham umid qilmoqda.





