Ilon Mask kelasi yili AQShdagi har bir bolaga bittadan SpaceX aksiyasini tarqatadi
Bu taxminan 72 mln bolani anglatadi, barcha aksiyalarning qiymati esa qariyb $10,5 mlrdni tashkil qilishi mumkin
SpaceX bosh direktori Ilon Mask aksiyalarni topshirish rejasini eʼlon qildi. Hozirda u kompaniyaning taxminan 4,8 mlrd dona aksiyasiga egalik qiladi. Hali blokdan chiqarilmagan mukofotlar va opsionlarni hisobga olganda, uning paketi 6,4 mlrd aksiyaga, yaʼni benefitsial ulushning 48,4 foiziga yetadi.
Mask tarqatish qanday tashkil etilishini ochiqlamadi va bu kabi tashabbuslar turkumidagi birinchi loyiha ekanini aytdi. Bundan avval Anthropic oʻz aksiyalarining bir qismini jamoat manfaatiga xizmat qiluvchi yangi jamgʻarmaga yoʻnaltirish rejasini maʼlum qilgan, Mask esa qimmatli qogʻozlarni bevosita aholiga topshirishni tavsiya qilgan.






