Ilon Mask: SpaceX va Tesla tarixdagi eng yirik birlashuv imkoniyatini oʻrganmoqda
Kompaniyalar maxsus qoʻmitalar tuzdi, biroq bitim taklifi boʻyicha hozircha kelishuvga erishgani yoʻq.
21-oktabr, 13:19По-русски

commons.wikimedia.org — Gage Skidmore from Surprise, AZ, United States of America
SpaceX va Tesla bosh direktori Ilon Mask sunʼiy intellekt sohasida kompaniyalar faoliyati bir-birini toʻldirishi sababli ularni birlashtirish istiqbolli deb hisoblaydi, deb xabar bermoqda Al Jazeera.
Maskning taʼkidlashicha, ehtimoliy bitim hali Tesla aksiyadorlari ovoziga qoʻyilishi kerak boʻladi. Buning uchun aksiyadorlarning 50 foizi qoʻllab-quvvatlashi talab etiladi.






