Nature Health: 2026 yil yozida Yevropada issiq sabab 50 mingdan ortiq odam vafot etgan boʻlishi mumkin
Nature Health tadqiqoti Yevropadagi 850 dan ortiq shahar markazini qamrab oldi va bu yozdagi oʻlimlarning qariyb uchdan ikki qismini antropogen iqlim oʻzgarishi bilan izohladi.
London Imperial kollejining iqlimshunosi Kler Barnsning aytishicha, 2026 yil yozini katta ishonch bilan kuzatuvlar tarixidagi issiq sababli eng koʻp odam hayotdan koʻz yumgan yoz deb hisoblash mumkin.
Vafot etganlar orasida faqat keksalar boʻlmagan: qurbonlarning qariyb 6 mingi 65 yoshdan kichik edi. Tadqiqotchilar oʻtgan yoz bunday statistikani yuritish boshlanganidan beri eng koʻp odam hayotdan koʻz yumgan yoz boʻlgan deb hisoblamoqda.
Epidemiolog Pyer Masselo shaharlar haroratning koʻtarilishiga yomon moslashganini taʼkidladi. U yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga chaqirdi.



