Saudiya Arabistonidagi Osiyo kubogini bir yilga kechiktirishlari mumkin
Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti husiylar hujumlari sabab turnirni 2028-yilga koʻchirish ehtimolini maʼlum qildi.

2027-yilgi Osiyo kubogi 7-yanvar kuni Jidda, Ar-Riyod va Al-Xobarda boshlanishi kerak. Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifaning aytishicha, mintaqadagi vaziyat oʻzgarmasa, turnirni koʻchirish haqidagi qaror noyabr oxirigacha qabul qilinishi mumkin.
Soʻnggi kunlarda Saudiya Arabistoni husiylarning bir qator hujumlariga uchradi. «An-Nasr» klubi ishtirokidagi Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar ligasi uchrashuvi bir soatga kechiktirildi, ichki chempionatning uchta uchrashuvi esa qoldirildi. Novak Jokovich ishtirokidagi tennis turniri dekabr oxiriga koʻchirildi.
Turnirda qatnashadigan 24 terma jamoadan biri boʻlgan Avstraliya vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Janubiy Koreya professional futbolchilar assotsiatsiyasi futbolchilar xavfsizligidan jiddiy xavotir bildirar ekan, «sportchilar va muxlislarning hayoti hamda xavfsizligi har qanday turnirdan muhimroq», deya maʼlum qildi.





