RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 23-oktabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

FIFA Oʻzbekiston va Ozarbayjonda U-20 jahon chempionatini oʻtkazish muddatlarini tasdiqladi

Muxlislarni dastlabki roʻyxatga olish allaqachon boshlangan, biroq chiptalar narxi va ularni sotish muddatlari hozircha eʼlon qilinmagan.

23-oktabr, 11:20По-русски

Qaror 22-oktabr kuni FIFA Kengashi Byurosi yigʻilishida qabul qilindi. 24 ta terma jamoa ishtirokidagi turnir 2027-yil 17-sentabrdan 9-oktabrgacha Oʻzbekiston va Ozarbayjonda boʻlib oʻtadi.

FIFA rasmiy saytida roʻyxatdan oʻtgan muxlislarga chiptalar savdosi boshlanishi haqida xabar yuboriladi. Chempionat musobaqalar tarixidagi 25-turnir boʻladi va 1977-yilda Tunisda oʻtkazilgan ilk musobaqaning 50 yilligiga bagʻishlanadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing