«Oltin toʻp» sohibi 45 yildan beri ilk bor «Bavariya» futbolchisi boʻldi
Garry Keyn terma jamoa safidagi oʻyinlarni ham qoʻshganda, 73 ta gol urdi — XXI asrdagi Lionel Messidan keyingi ikkinchi natija.
27-oktabr, 10:52По-русски

commons.wikimedia.org — Bryan Berlin
«Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Garry Keyn 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga koʻra «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritdi. Myunxen klubidan bu mukofotni olgan soʻnggi futbolchi Karl-Haynts Rummenigge boʻlgan — u «Oltin toʻp»ni 1980 va 1981 yillarda qoʻlga kiritgan.
Keyn, shuningdek, erkaklar oʻrtasida mavsumning eng yaxshi toʻpurari sifatida Gerd Myuller sovrinini ham oldi.






