Toshkentda dizayn haftaligi oʻtkazilmoqda
Dasturdan Yangi Toshkent maketining ilk ommaviy taqdimoti, oʻzbek mebeli, predmet dizayni va arxitekturasi koʻrgazmalari, shuningdek, shahar rivoji haqidagi munozaralar oʻrin olgan.
Toshkentda 26-oktabrdan 1-noyabrgacha davom etadigan Tashkent Design Week 2026 ochildi. Asosiy tadbirlar Tashkent City Mall va Tashkent City Park majmualarida, shuningdek, poytaxtdagi galereyalar, shou-rumlar va ijodiy makonlarda boʻlib oʻtadi.
Tashkent City Mallʼda New Tashkent Masterplan Preview ekspozitsiyasi taqdim etiladi. Tashrif buyuruvchilar boʻlajak shaharning meʼmoriy konsepsiyasi, turar joy kvartallari, jamoat makonlari va infratuzilmasi bilan tanishadi; loyiha ikki milliondan ortiq aholiga moʻljallangan.
Dasturdan, shuningdek, oʻzbek mebeli, predmet dizayni va arxitekturasi koʻrgazmalari, shahar rivoji haqidagi munozaralar ham oʻrin olgan.






