Oʻzbekistonning yosh bokschilari Budvadagi jahon chempionatida 8 ta medalni qoʻlga kiritdi
Umumjamoa hisobida erkaklar jamoasi boshqa mamlakatlardan kelgan raqiblarini ortda qoldirib, birinchi oʻrinni egalladi.
28-oktabr, 17:37По-русски

uzdaily.uz — Федерация бокса Узбекистана
Oʻzbekiston terma jamoasi sakkizta medalni qoʻlga kiritdi: toʻrtta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza.
Jahon chempioni unvoniga Suxrob Raxmatullayev, Asadbek Sultonboyev va Islom Salixov sazovor boʻldi. Qizlar oʻrtasida esa Nazoqat Mardonova chempion boʻldi.
Sardorbek Bahromxoʻjayev va Maftuna Yangiyeva ikkinchi oʻrinni egalladi. Zulfiqor Adhamjonova va Muxtasar Aliyeva bronza medallarini qoʻlga kiritdi.





