Misr Oʻzbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini oʻzgartirishni 2027 yil martigacha kechiktirdi
Kechiktirish Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekistonning Misrdagi elchixonasi Misr tomoni bilan oʻtkazgan muzokaralardan soʻng kelishildi.

Oʻzbekiston fuqarolari 2027 yil 1 martga qadar mamlakatga avvalgi shartlar asosida tashrif buyurishlari mumkin, deya maʼlum qildi Tashqi ishlar vazirligi.
Dastlab yangi talablarni 2026 yil 1 noyabrdan joriy etish rejalashtirilgan edi. Ular vizani oldindan rasmiylashtirish, safarlarni turoperatorlar orqali tashkil etish va 40 yoshdan kichik sayyohlar uchun qoʻshimcha cheklovlarni nazarda tutgan.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xorijiy hamkorlar bilan safarlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish, jumladan, vizasiz rejimlarni joriy etish va amaldagi chegaradan oʻtish tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha ishlarni davom ettiradi.




