Yogʻingarchilik yetishmasligi va chang hodisalari Toshkentda havo sifatini yomonlashtirdi — Ekologiya qoʻmitasi
Toshkent viloyati, shuningdek, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlari ustida yirik chang massalari tarqaldi. Ularning taʼsiri kelasi hafta boshigacha saqlanib qolishi mumkin.
27-oktabr, 16:29По-русски

gov.uz — Национальный комитет по экологии и изменению климата Республики Узбекистан
Iqlim oʻzgarishi milliy markazi rahbari Farrux Sattarovning taʼkidlashicha, 26 oktabr holatiga koʻra, poytaxtda 3,9 millimetr yogʻingarchilik qayd etilgan, oylik koʻrsatkich esa 23,7 millimetrni tashkil etadi. Yomgʻirlar shunday kam yogʻgan sharoitda atmosfera changdan sekinroq tozalanadi.
Soʻnggi oʻn yil ichida sovuq davrda kuchli shamol va yogʻingarchilikning kam miqdori birga kuzatiladigan noqulay meteorologik sharoitlar soni 57 foizga oshdi. Bu havoning tabiiy tozalanishiga xalaqit berishi mumkin.




