RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 28-oktabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Turmush tarzi

Tailand Oʻzbekiston uchun vizasiz rejimni qayta joriy qilishi mumkin

Loyiha 9 noyabr kuni Viza siyosati qoʻmitasi koʻrib chiqishiga kiritiladi, shundan soʻng tashabbus xavfsizlik va iqtisodiyot nuqtayi nazaridan baholanadi.

28-oktabr, 12:59По-русски

Read in English

Tailand Turizm va sport vazirligi Kolumbiya, Meksika, Oʻzbekiston va boshqa maqsadli mamlakatlar fuqarolari uchun 15 kunlik vizasiz kirish tartibini ishlab chiqmoqda. Tashabbus viza olishdagi kechikishlarni kamaytirish va uzoq xorijdan koʻproq sayyohlarni jalb qilishga qaratilgan.

Oʻzbekistonliklar Tailand vizasini Rossiyadagi Tailand elchixonasi orqali olmoqda. Shu tartib sababli mahalliy turoperatorlar Tailandga paketli sayohatlarni sotuvdan olib tashlab, mijozlarga boshqa yoʻnalishlar qatorida Vetnamni taklif qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 15 sentyabrdan Oʻzbekiston fuqarolari uchun Tailandga vizasiz kirish tartibi, shuningdek, mamlakatga kelganda viza olish imkoniyati bekor qilingan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media