Oʻzbekistonda Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti taʼsis etiladi
Prezident tibbiyot xodimlari, tadbirkorlar va sohaning xorijiy hamkorlariga davlat mukofotlarini topshirdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligini asrash, ilmiy ishlanmalar va zamonaviy davolash usullarini joriy etishda alohida xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimlari uchun alohida davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi. Mukofot Ibn Sino nomi bilan ataladi.
Davlat rahbari tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi oʻzgarishlarga 800 mingdan ortiq xodim qoʻshgan hissani qayd etdi.
Birlamchi tibbiy yordamning yangi modeli 28 ta tumanda sinovdan oʻtkazildi. Oilaviy shifokorlarga 7 mln nafar aholi biriktirildi, laboratoriyalar ochildi, shifokorlar va hamshiralar oʻqitildi, shuningdek, bemorlar harakatlanishi uchun yoʻnalishlar ishlab chiqildi.
Kelasi yildan ushbu modelni Oʻzbekistonning yana 100 ta tumanida joriy etish rejalashtirilmoqda.




