RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Payshanba, 29-oktabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dunyo

Ispaniyadagi temiryoʻl halokati 68 kishining hayotiga zomin boʻldi

Ispaniya Toledo viloyatidagi Urda shahri yaqinida tezyurar poyezdlar toʻqnashganidan soʻng uch kunlik motam eʼlon qildi.

29-oktabr, 11:44

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 68 kishi halok boʻlgan. Qurbonlar soni aniqlashtirilmoqda.

Halokat 28 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 08:54 da Toledo viloyatidagi Urda shahri yaqinida yuz bergan. Dastlabki taxminlarga koʻra, Renfe poyezdi relslarda toʻxtab turgan Iryo tarkibiga orqadan borib urilgan, vagonlarning bir qismi relsdan chiqib ketgan.

Hodisa sabablari aniqlanmoqda. Dastlabki taxminlar qatorida signalizatsiya tizimidagi nosozlik va inson xatosi bor.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing