RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 30-oktabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Fan va salomatlik

Oʻzbekiston 2,7 mlrd dollarlik tibbiy investitsiya loyihalari portfelini shakllantirdi

Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasida umumiy qiymati 2,7 mlrd dollar boʻlgan 35 ta investitsiya loyihasidan iborat portfel shakllantirildi.

30-oktabr, 16:25
Unsplash — César Badilla Miranda на Unsplash

Loyihalar shifoxonalar qurish va ularni modernizatsiya qilish, tibbiy uskunalar xarid qilish hamda mutaxassislar tayyorlashni nazarda tutadi. Obyektlar qatoridan Milliy onkologiya markazi, nevrologiya va insult markazi, shuningdek, hududlarda yangi shifoxonalar oʻrin olgan.

Bundan tashqari, umumiy qiymati 1 mlrd dollar boʻlgan toʻqqizta loyiha boʻyicha takliflar tayyorlandi. Ular qatoridan shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirish va tez yordam avtomobillarini yangilash oʻrin olgan.

Mamlakatda, shuningdek, 2040 yilgacha tibbiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish hamda xususiy sektor bilan hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilmoqda.

2030 yilga qadar tibbiyot muassasalari autsorsing asosida xarid qiladigan xizmatlar ulushini 30 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Shartnomalar va xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun «Tibbiy autsorsing» elektron tizimi yaratiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing