RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 2-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Endi haydovchilar mobil radarlar haqida yoʻl belgilari orqali ogohlantirilmaydi

Oʻzbekistonda mobil radarlar oldidan ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatish talabi bekor qilindi. «Radar» belgisi endi faqat tezlikni nazorat qiluvchi statsionar qurilmalar oldida oʻrnatilishi kerak.

2-noyabr, 11:42

Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-oktabrdagi 596-son qarorida belgilangan. Hujjatga koʻra, belgi statsionar radardan 250 metrdan 500 metrgacha boʻlgan masofada oʻrnatilishi kerak.

Avval bunday talab 2025-yil 15-maydagi 318-son qarorning 9-bandida belgilangan edi. U tezlikni nazorat qiluvchi statsionar radarlar oʻrnatilgan yoʻl uchastkalariga tatbiq etilgan va 2025-yil 1-sentabrdan kuchga kirgan. Yangi tahrirda mobil qurilmalar haqidagi eslatma olib tashlandi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing