RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 2-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

Londonda koʻchalardagi robotaksilar soni cheklanishi mumkin

London meri Sodiq Xon Buyuk Britaniyada haydovchisiz yoʻlovchi tashishni yoʻlga qoʻyishdan oldin shahardagi robotaksilar sonini cheklashni taklif qildi.

2-noyabr, 16:36
Unsplash — Leo_Visions на Unsplash

Poytaxt rahbarining fikricha, texnologiyalar bandlikka taʼsir qilishi va tirbandliklarni kuchaytirishi mumkin, amaldagi qoidalar esa qayta koʻrib chiqishni talab qiladi, deb yozadi The Guardian.

Bu bayonot Freenow by Lyft kompaniyasi Londonda sinovdan oʻtkazayotgan Xitoy robotaksilari taqdimotidan soʻng yangradi. Servis milliy litsenziyalash tizimi doirasida Baiduʼning toʻliq haydovchisiz avtomobillarini kelasi yilning oʻzidayoq ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Hozir Londonning Brent tumanida Baidu Apollo Goʻning qariyb 24 ta avtomobili sinovdan oʻtkazilmoqda.

Sentabr oyida Uber Wayveʼning haydovchisiz avtomobillarida yoʻlovchilarni cheklangan tartibda tashishni boshladi, biroq hozircha rulda haydovchi-operator oʻtiribdi. Xonning soʻzlariga koʻra, Londonga robotaksilarning tarqalishini cheklash imkonini beradigan vakolatlar kerak. Hozir Transport for London faqat toʻliq avtonom avtomobillardan foydalanishga ruxsat berishi yoki uni taqiqlashi mumkin, bunday servislarni esa tartibga solmaydi va litsenziyalashtirmaydi.

Mer London San-Fransiskodan farq qilishini taʼkidladi: bu qariyb 10 mln aholiga ega, tor koʻchalari boʻlgan koʻplab tumanlardan iborat shahar. U, shuningdek, robotaksilarning havo sifati, yoʻllarning bandligi va taksi haydovchilari daromadlariga taʼsirini baholash zarurligini qayd etdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing