Ommaviy bozor brendlari xaridorlarni qaytarish uchun mashhurlar va sunʼiy intellektni jalb qilmoqda
Mashhur kiyim-kechak brendlari Gap, Marks & Spencer, Topshop va Asos arzon onlayn-doʻkonlar bilan raqobat sharoitida xaridorlarni qaytarish uchun strategiyalarini oʻzgartirmoqda, deb xabar beradi The Guardian.

Kompaniyalar mashhurlar bilan hamkorlik, moda namoyishlari va sunʼiy intellektga umid bogʻlamoqda.
Gap Viktoriya Bekhem bilan hamkorlikda kolleksiya taqdim etdi, Marks & Spencer esa London moda haftaligida namoyish oʻtkazdi. Shu bilan birga, M&S yangi kolleksiyasidagi kiyimlarning yarmi 50 funt sterlingdan (taxminan 800 ming soʻm) arzon turadi. Assortiment yangilangani tufayli brendning 35 yoshdan kichik xaridorlari soni bir yil ichida 16 foizga oshdi.
Onlayn chakana savdo kompaniyasi Asos Zendayaning stilisti Lou Rouchni hamkorlikka jalb qildi, shuningdek, sunʼiy intellekt yordamchilari, virtual kiyib koʻrish va tayyor obrazlarni xarid qilish funksiyasini joriy etdi.
Ekspertlarning taʼkidlashicha, ommaviy bozor brendlari hamyonbop narxlarni saqlab qolgan holda lyuks brendlarning yondashuvlarini oʻzlashtirmoqda. Bu ularga tobora koʻproq ikkinchi qoʻl kiyimlarni tanlayotgan va kiyimlar sifatiga eʼtiborliroq boʻlayotgan xaridorlar eʼtibori uchun raqobatlashishga yordam bermoqda.




