RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 2-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻzbekiston

Endi chiroyli telefon raqamingizni birjada qayta sotishingiz mumkin

UZEX tezkor xarid, bitimni kafolat badali bilan himoyalash va my.gov.uz orqali onlayn qayta rasmiylashtirish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirdi

2-noyabr, 18:52
Photo by Jonas Leupe on Unsplash

Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida (UZEX) jismoniy va yuridik shaxslar foydalanayotgan mobil telefon raqamlarini elektron savdolar orqali sotishi uchun imkoniyat yaratildi.

Foydalanuvchilar mobil raqamlarini mobilraqam.uzex.uz elektron savdo tizimi orqali auksionda yoki «Tezkor bitim» mexanizmi asosida bitim tuzish yoʻli bilan sotishi mumkin.

Birinchi bosqichda sotuvchi va xaridor elektron savdo tizimida bepul onlayn roʻyxatdan oʻtadi. Shundan soʻng sotuvchi mobil raqamni savdoga qoʻyadi. Xaridor esa katalogdan oʻziga mos raqamni tanlab, auksionda qatnashadi yoki auksion yakunlanishini kutmasdan «Tezkor bitim» funksiyasi orqali bitim tuzadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Savdoda qatnashish uchun sotuvchi raqam qiymatining 1 foizi miqdorida, xaridor esa 3 foiz miqdorida kafolat badali kiritadi. Savdo boshlanishidan oldin kafolat badallarining kiritilishi bitim tuzilganidan keyin tomonlarning oʻz majburiyatlarini bajarishini taʼminlaydi.

Gʻolib aniqlangach, mobil raqamni my.gov.uz portali orqali onlayn yoki tegishli mobil aloqa operatori ofisida qayta rasmiylashtirish mumkin. Qayta rasmiylashtirish jarayoni yakunlanganidan soʻng UZEX sotuvchiga sotilgan raqam uchun pul mablagʻlarini oʻtkazadi.

Yana oʻqing