Oʻzbekistonga xorijdan pul oʻtkazmalari $15 mlrddan oshdi
2026 yilning toʻqqiz oyida Oʻzbekistonga $15,16 mlrd pul oʻtkazmasi kelib tushdi — bu bir yil avvalgidan 8,9% koʻp, deyiladi Markaziy bank sharhida.
3-noyabr, 11:01

Iyul–sentabr oylarida pul oʻtkazmalari hajmi qariyb $5,88 mlrdni tashkil etdi. 2025 yilning uchinchi choragiga nisbatan tushumlar 2,9% ga oʻsdi, asosiy oʻsish esa yilning birinchi yarmiga toʻgʻri keldi.
Shu davrda Oʻzbekistondan xorijga $625 mln yuborildi. Uchinchi chorakda mamlakatdan chiqib ketgan pul oʻtkazmalari dinamikasi manfiy boʻldi.





