RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Seshanba, 3-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati bitiruvchilarning ishga joylashgani asosida baholanadi

Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari sifat indeksini hisoblash tartibi tasdiqlandi.

3-noyabr, 14:21

Baholashda toʻrtta koʻrsatkich hisobga olinadi: bitiruvchilar ishni qanchalik tez topishi, ularning ish bilan taʼminlanganligi qanchalik barqaror ekani, qancha daromad olishi va qaysi sohada ishlashi.

Indeks har yili 1 iyuldan keyingi yilning 30 iyunigacha boʻlgan davr uchun hisoblanadi. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan bitiruvchilarni baholash uchun alohida shartlar belgilangan.

Reyting yakunlariga koʻra, eng yaxshi natija koʻrsatgan 20 ta oliy taʼlim muassasasining karyera markazlariga har yili 500 mln soʻmdan beriladi. Moliyalashtirishning umumiy summasi 10 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing