RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Seshanba, 3-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Ralf Loren va Reychel Skott CFDA 2026 moda mukofotining asosiy gʻoliblariga aylandi

Nyu-Yorkda Amerika moda dizaynerlari kengashining (CFDA) 2026-yilgi mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi.

3-noyabr, 13:50
diotima.world — Рэйчел Скотт

Erkaklar kiyimi boʻyicha eng yaxshi dizayner deb Ralf Loren, ayollar kiyimi boʻyicha esa Diotima brendi asoschisi Reychel Skott topildi. Faxriy laureatlar qatoridan Entoni Vakarello, Tory Burch, Eva Chen va moda sanoatining boshqa vakillari joy oldi.

CFDA 2026-yilgi mukofotining marosimi Nyu-Yorkdagi Tabiiy tarix muzeyida boʻlib oʻtdi — tadbir bu maskanda toʻrtinchi bor oʻtkazildi. Kechaga Keke Palmer mezbonlik qildi, mukofotlarni esa boshqalar qatorida Mett Deymon, Lupita Nyongo, Naomi Osaka va Koul Eskola topshirdi.

Aksessuarlar boʻyicha eng yaxshi dizayner mukofoti Ana Xuriga berildi, eng yaxshi yosh dizayner deb esa Kollin Allen eʼtirof etildi. Entoni Vakarello Saint Laurentʼdagi oʻn yillik faoliyati uchun yilning xalqaro dizayneri deb topildi. Gap Inc. Amazon Fashion tomonidan taʼsis etilgan innovatsiyalar mukofotiga, Tory Burch esa ijobiy oʻzgarishlar mukofotiga sazovor boʻldi.

Fotosuratchilar Ines van Lamsveerde va Vinud Matadin sanoatdagi yutuqlari uchun Jeffrey Beene mukofotini oldi. Boshqa laureatlar qatorida Linda Fargo, Eva Chen, Syuzan Chancholo va “Moda ikonasi” unvoniga sazovor boʻlgan arxitektor Piter Marino ham bor.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing