Olimlar sichqonlarda elektr yordamida qand miqdorini kamaytiradigan implantni sinovdan oʻtkazdi
ETH Zurich tadqiqotchilari 2-tur diabetni davolash uchun eksperimental implant ishlab chiqdi. Sichqonlar ustidagi tajribalarda qurilma ularning qondagi qand miqdori va vaznini kamaytirishga yordam berdi.

Implant kimyoviy reaksiyani ishga tushirish uchun elektr energiyasidan foydalanadi: maxsus katalizator ortiqcha glyukozani glyukonatga aylantiradi, u esa keyinchalik siydik orqali organizmdan chiqariladi. Qurilma energiyani simsiz usulda oladi.
Tashqi sensor qondagi qand miqdorini kuzatib boradi va maʼlumotlarni smartfon yoki aqlli soatga uzatadi. Koʻrsatkich oshganda tizim katalizatorni avtomatik ravishda ishga tushiradi, qand miqdori meʼyoriga kelgach esa uni oʻchiradi.
Laboratoriyada texnologiya glyukozali besh litr eritmada tekshirildi, shundan soʻng diabetga chalingan sichqonlarda sinovdan oʻtkazildi. Qurilma olti hafta davomida ishladi va hayvonlar tomonidan yaxshi koʻtarildi. Implant odamlar ustida hali sinovdan oʻtkazilmagan.






