Oʻzbekistonda milliy uglerod bilan tartibga solish tizimiga oʻtish masalasi muhokama qilinmoqda
3 noyabr kuni boʻlib oʻtgan seminarda issiqxona gazlari chiqindilari haqidagi maʼlumotlarga asoslangan milliy uglerod narxlash tizimini joriy etish imkoniyati koʻrib chiqildi.

Ishtirokchilar korxonalarga issiqxona gazlari chiqindilari uchun ruxsatnomalarni sotib olish va sotish imkonini beradigan chiqindilar kvotalari savdosi tizimini (ETS), kvotalarni taqsimlash tartibini, maʼlumotlarni mustaqil tekshirishni hamda uglerod kreditlarini ikki marta hisobga olishga qarshi choralarni muhokama qildilar. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Germaniya tajribasi koʻrib chiqildi.
Yevropa Ittifoqining transchegaraviy uglerod bilan tartibga solish mexanizmi (CBAM)ning oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar, jumladan mineral oʻgʻitlar va boshqa eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar pozitsiyasiga taʼsiri alohida muhokama qilindi. Uglerod toʻlovlaridan tushadigan mablagʻlardan foydalanishning mumkin boʻlgan yoʻnalishlari qatorida sanoatni dekarbonizatsiya qilish va yashil investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash qayd etildi.
Uchrashuv yakunlariga koʻra, ishtirokchilar korxonalar darajasida chiqindilarning ishonchli tarixiy bazasini shakllantirish zarur, degan xulosaga kelishdi. Bu maʼlumotlar kvotalarni taqsimlash va uglerod narxlashning milliy mexanizmlarini joriy etish uchun asos boʻlishi kerak.





