ChatGPTʼda GIF-animatsiyalar yaratish imkoniyati paydo boʻldi
OpenAI matnli soʻrov yoki yuklangan rasm asosida qisqa, takrorlanuvchi GIF-animatsiyalar yaratish imkonini beruvchi Images 2.6 modelini taqdim etdi.

Foydalanuvchilar rasmlar va personajlarni jonlantirishi, memlar, ijtimoiy tarmoqlar uchun reaksiyalar hamda animatsiyali reklama materiallarini yaratishi mumkin. Masalan, rasmni yuklab, personajdan qoʻl silkitishini soʻrash kifoya.
OpenAI maʼlumotlariga koʻra, yangi model avvalgisiga qaraganda tasvirlarni 50 foiz tezroq generatsiya qiladi va tahrirlash jarayonida personajlar hamda mahsulotlar tafsilotlarini yaxshiroq saqlab qoladi. Images 2.6 ChatGPT va Codexʼda barcha tariflarda mavjud. Ishlab chiquvchilarga API orqali ikki versiya taklif etiladi: tezlikka moʻljallangan Flare va tasvirlarni yanada aniqroq ishlab chiqadigan Sunburst.






