Maxachev, Yemelyanenko va Shestakov sambo boʻyicha jahon chempionatiga Toshkentga uchib keldi
Har ikki jangchi MMAda muvaffaqiyat qozonishidan avval sambo maktabidan oʻtgan, ularning tashrifi esa turnirga muxlislar eʼtiborini yanada oshiradi.

Sambo boʻyicha jahon chempionati arafasida Toshkentga Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) prezidenti Vasiliy Shestakov hamda aralash yakkakurashlar yulduzlari Islom Maxachev va Fyodor Yemelyanenko yetib keldi.
Jahon chempionati 6–8 noyabr kunlari Oʻzbekiston poytaxtidagi Olimpiya shaharchasida boʻlib oʻtadi. Toshkentga 101 mamlakatdan sportchilar keladi, qariyb 700 nafar sambochi esa chempionat medallari uchun kurashadi.
Toshkent ushbu sport turi boʻyicha mavsumning asosiy turnirlaridan biriga mezbonlik qilmoqda. Uch kunlik musobaqalar ishtirokchilar uchun jahon darajasida oʻz kuchini sinash, oʻzbekistonlik sambochiilar uchun esa oʻz muxlislari qarshisida ishtirok etish imkoniyatiga aylanadi.





