Jensen Huang janjal fonida Nvidia rahbari lavozimidan isteʼfoga chiqdi
Nvidia bosh direktori Jensen Huang darhol kompaniya prezidenti, rahbari va direktorlar kengashi aʼzosi lavozimlarini tark etdi. Nvidiaʼga vaqtincha moliyaviy direktor Colette Kress rahbarlik qiladi.

Qaror haqida Nvidia direktorlar kengashi eʼlon qildi. Colette Kress ijrochi vitse-prezident va moliyaviy direktor lavozimlarini saqlab qoladi hamda doimiy voris tayinlanguniga qadar bosh direktor vazifasini bajaradi.
Direktorlar kengashi yangi rahbarni izlashni allaqachon boshladi. Bu lavozimga kompaniya xodimlari bilan bir qatorda tashqi nomzodlar ham koʻrib chiqiladi.
Avvalroq Huangning Megaspeed rahbari Alice Huang bilan yaqin aloqasi borligi haqida xabar berilgandi. Nashr maʼlumotlariga koʻra, Pekin u orqali Nvidiaʼning Xitoyga yetkazib berilishi cheklangan ilgʻor chiplaridan foydalanish imkoniga ega boʻlgan boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari, uning qoʻl ostida ishlagan Nvidia vitse-prezidenti Kimberly Powell bilan nikohdan tashqari munosabatlari boʻlgani maʼlum boʻldi.






