NASCAR chempioni poyga avtomobillarini jiddiy oʻzgartirishga chaqirdi
Amerikalik sobiq avtopoygachi va 2014-yilgi NASCAR chempioni Kevin Harvik AQShning asosiy poyga seriyasidagi avtomobillarni modernizatsiya qilishni taklif qildi.

Uning fikricha, hozirgi avtomobillarda quvvat yetishmaydi, kichik texnik oʻzgarishlar esa asosiy muammolarni hal qilmaydi.
Harvik NASCAR uchun butunlay yangi, sakkizinchi avlod avtomobili kerak emas deb hisoblaydi. Buning oʻrniga u hozirgi Next Gen modelini sezilarli darajada takomillashtirishni va uni shartli ravishda Gen 7.5 deb atashni taklif qilmoqda.
Zarur oʻzgarishlar qatoriga dvigatel quvvatini oshirish, avtomobilning pastki qismini qayta ishlash va ehtiyot qismlar yetkazib berish tizimini qayta koʻrib chiqish kiradi. Poygachining soʻzlariga koʻra, bunday yechimlar qimmatga tushishi va ishlab chiqaruvchilarning noroziligiga sabab boʻlishi mumkin, biroq musobaqalarni yanada tomoshabop qilishga yordam beradi.
Harvik quyi darajadagi poyga seriyalaridagi avtomobillarni jiddiy modernizatsiya qilishga ham qarshi chiqdi. Uning fikricha, tashkilotchilar, avvalo, NASCAR Cup Series asosiy chempionatiga eʼtibor qaratishlari kerak.






