Cambridge Dictionary «inson»ni 2026-yil soʻzi deb eʼlon qildi: tanlov sunʼiy intellektdan qoʻrqishlar fonida
Shu tariqa lugʻat sunʼiy intellektning shaxsiyat, ijodkorlik va insonning oʻziga xosligiga taʼsiri haqidagi ortib borayotgan xavotirlarni aks ettirdi.

Cambridge Dictionary «human» soʻzini yil soʻzi deb eʼlon qildi. Lugʻat bahosiga koʻra, bu tanlov sunʼiy intellekt insoniylik haqidagi tasavvurlarni qanday oʻzgartirayotgani va odamlar bilan mashinalar oʻrtasidagi chegarani qanday xiralashtirayotgani haqidagi munozaralar bilan bogʻliq.
Lugʻat leksikografi Kolin MakIntoshning taʼkidlashicha, fikrlash bilan bogʻliq vazifalarni sunʼiy intellektga topshirish odamlarni texnologiyalarga qanchalik bogʻlanib qolganini qayta koʻrib chiqishga majbur qilmoqda — matematik tadqiqotlardan tortib bolalarga taʼlim berishgacha.
Cambridge Dictionary «human» soʻzini odamlarga xos sifatlar, kamchiliklar va his-tuygʻularga ega boʻlish, xudolar, hayvonlar yoki mashinalardan farq qilish deb izohlaydi.
Yil soʻzi unvoni uchun boshqa daʼvogarlar qatorida mustaqil ravishda qaror qabul qila oladigan avtonom sunʼiy intellekt tizimi — «agent», shuningdek analog, raqamli boʻlmagan dunyo bilan bogʻliq «analogue» soʻzi ham bor edi.
2023-yilda Cambridge Dictionary «hallucinate» soʻzini yil soʻzi sifatida tanlagan. Bu atama sunʼiy intellekt tomonidan yolgʻon yoki chalgʻituvchi axborot yaratilishini anglatadi.






