RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Walmart Metaʼning Muse AI-agentiga «Qora juma» paytida siz uchun tovarlar sotib olishga ruxsat berdi

Walmart Muse 2026-yilgi «Qora juma»ga qadar mijoz nomidan tovarlar sotib olishi uchun Agent Profiles va Walmart Agent Gateway xizmatlarini ishga tushirdi. Integratsiya allaqachon foydalanishga tayyor.

25-noyabr, 17:55
ign.com

Agent Profile Walmartʼga akkauntdagi amallarni xaridorning oʻzi emas, Muse bajarayotganini koʻrsatadi. Profilda agent va foydalanuvchi xarid qilgan tovarlar ham alohida koʻrsatiladi. Bunda Walmartʼda mavjud xaridlar tarixi va boshqa shaxsiy maʼlumotlar Museʼga berilmaydi.

Foydalanuvchi xarajatlar limitini belgilashi, buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin qoʻlda tasdiqlashni talab qilishi yoki agent profilini oʻchirishi mumkin. Ulanish uchun Muse ilovasi orqali Walmart akkauntiga kirish kerak. Shundan soʻng, agar mijoz bunga ruxsat bersa, agent tovarlarni taqqoslashi, takliflarni izlashi, mahsulotlarni savatchaga qoʻshishi va saqlangan toʻlov maʼlumotlaridan foydalanib buyurtmani rasmiylashtirishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media