RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Jensen Huangning qaytishi: Tramp qarshi emas, Mask tarafdor, Nvidia esa qarshi

AQShda Jensen Huangni Nvidia bosh direktori lavozimiga qaytarish kampaniyasi avj olmoqda. Bu talab aks etgan petitsiyani 180 mingdan ortiq kishi imzoladi. Uni qoʻllab-quvvatlayotganlar orasida tadbirkor Ilon Mask va AQSh prezidenti Donald Tramp ham bor.

18-noyabr, 15:58
tengrinews.kz

Tramp Huangning qaytishiga qarshi boʻlmasligini aytib, u ehtimol yuz bergan voqeadan muhim saboq olganini taʼkidladi.

Biroq Nvidia rahbariyati sobiq rahbarning ketishi haqidagi qarorni hozircha qayta koʻrib chiqmoqchi emas. Reuters maʼlumotiga koʻra, direktorlar kengashi uni lavozimiga tiklash imkoniyatini hatto koʻrib chiqmayapti.

Huang kompaniya xodimalari bilan ehtimoliy romantik munosabatlari haqidagi xabarlar ortidan lavozimini tark etgan. Bundan tashqari, AQSh maxsus xizmatlari uning tanishlaridan biri Elis Huangning Xitoy razvedkasi bilan ehtimoliy aloqalarini tekshirmoqda. Bu holatlar hozircha tergov mavzusi boʻlib qolmoqda.

Investorlar fikri ikkiga boʻlindi: ayrimlar tajribali rahbarning qaytishini qoʻllab-quvvatlamoqda, boshqalar esa bu kompaniya uchun qoʻshimcha huquqiy va obroʻ-eʼtibor xatarlarini keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media