RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

AQShda oʻlim jazolarini ijro etishni tezlashtirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp oʻlim jazosi haqidagi hukmlarni ijro etishni tezlashtirish rejalari borligini maʼlum qildi. Shuningdek, u politsiyani kengaytirish uchun qariyb 150 mln dollar ajratilishini bildirdi.

25-noyabr, 12:19
The White House / Wikimedia Commons

AQShda Tramp Adliya vazirligida nutq soʻzlab, idorani bolalarga qarshi jinoyatlarda, shuningdek, zoʻravonlik va odam savdosi bilan bogʻliq qotilliklarda aybdor deb topilganlarga nisbatan oʻlim jazosini talab qilishga chaqirdi.

U, shuningdek, hududlardagi politsiya boʻlinmalarini kengaytirish uchun qariyb 150 mln dollar ajratilishini maʼlum qildi. Bu mablagʻlar 1 000 nafardan ortiq xodimni ishga olish imkonini beradi.

Tramp Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomning 540 nafardan ortiq mahbusga chiqarilgan oʻlim jazosi haqidagi hukmlarni muddatidan oldin ozod qilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga almashtirish haqidagi qarorini ham tanqid qildi. AQSh prezidenti shtat rasmiylari shu orqali mahkumlar manfaatlarini halok boʻlganlar oilalarining huquqlaridan ustun qoʻyayotganini hisoblaydi.

Nyusom bu qarorni oʻlim jazosi Kaliforniyaning axloqiy tamoyillariga mos kelmasligi bilan izohlagan. Shtatda bunday hukmlar 2006-yildan beri ijro etilmaydi. Shu bilan birga, avvalgi referendumlarda aholining koʻpchiligi oliy jazo chorasini saqlab qolish tarafdori boʻlgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media