RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Siyosat

Oʻzbekistonda onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni davolash imkoniyatlari kengaytiriladi

Oʻzbekistonda bolalar uchun suyak koʻmigi transplantatsiyalari sonini 2027-yilda 100 taga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vaziri Eldor Adilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida maʼlum qildi

14-noyabr, 15:44

Har yili 400 nafardan ortiq bolaga bunday operatsiyalar zarur boʻladi, biroq hozirda talab etiladigan muolajalar sonining 10 foizidan kami amalga oshirilmoqda. 2025-yilda 32 ta transplantatsiya oʻtkazilgan boʻlsa, 2026-yil 1-noyabr holatiga bu koʻrsatkich 36 tani tashkil etdi.

Davolash koʻlamini kengaytirish uchun dori-darmonlar, uskunalar va tadqiqotlarga qoʻshimcha mablagʻ ajratish rejalashtirilmoqda. 2027-yilda transplantatsiya uchun ixtisoslashtirilgan bino foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Shuningdek, 10 ming nafar suyak koʻmigi donorini oʻz ichiga oladigan milliy reyestrni yaratish, keyinchalik esa uni xalqaro bazaga ulash rejalashtirilmoqda.

Hukumat 2030-yilgacha bolalardagi onkologik kasalliklarni erta aniqlash ulushini 65 foizga, bemorlarning besh yillik yashab qolish koʻrsatkichini esa kamida 60 foizga oshirishni kutmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media