RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Tesla avtopilotni yangiladi va GTA uslubidagi safar vizualizatsiyasini qoʻshdi

Kompaniya Full Self-Driving tizimining yangi versiyasini taqdim etdi. Endi haydovchilar kompyuter oʻyinidagidek, oʻz avtomobili va atrof-muhitning yuqoridan koʻrinadigan virtual tasvirini koʻrishlari mumkin.

27-noyabr, 10:04
autonews.ru

Tesla kompaniyasi Full Self-Driving (FSD) dasturiy taʼminotining yangilangan versiyasini chiqardi. Asosiy yangiliklardan biri mashhur Grand Theft Auto (GTA) oʻyinlar turkumidagi grafikani eslatuvchi, safarni uchinchi shaxs nigohidan koʻrsatadigan vizualizatsiya boʻldi.

Autonews xabariga koʻra, Tesla yangi versiya xavfsizlik uchun nihoyatda muhim vaziyatlarni 25 baravar samaraliroq hal qilishini maʼlum qildi. Shuningdek, ishlab chiquvchilar yoʻl belgilari, hayvonlar, yoʻldagi begona buyumlar, chuqurchalar va suv toʻplanmalarini aniqlashni yaxshilashdi.

Yangilangan tizim boshlangʻich va yakuniy nuqtalarni tanlashda haydovchining odatiy yoʻnalishlarini hisobga oladi va uning avvalgi harakatlarini tahlil qiladi. Bundan tashqari, avtomobil tezlikni nazorat qiluvchi kameralarga yaqinlashganda tezlikni avtomatik ravishda pasaytirishi mumkin.

Yana bir yangi funksiya — Bike Rack Mode. U avtomobilga velosiped tashuvchi moslama yoki shunga oʻxshash aksessuar oʻrnatilganda FSD tizimidan foydalanish imkonini beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media