RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Siyosat

Zelenskiy Lukashenkoning Moskvaga birga uchib borish taklifiga munosabat bildirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar oʻtkazish uchun Moskvaga birga borish taklifini rad etdi.

25-noyabr, 16:35

Zelenskiy qarama-qarshilik davom etayotgan paytda Moskvada yoki Kiyevda uchrashib boʻlmasligini aytdi, Lukashenkoning taklifini esa jiddiy emas va mojaroni tugatishga olib bormaydi, deb atadi.

“U [Lukashenko] meni olib ketishni taklif qilyapti. Men unga chamadonmanmi, nima? Meni samolyotga olib, uchib ketish. Xoʻsh, Moskvaga, nima uchun?” — dedi Zelenskiy.

Avvalroq Lukashenko Zelenskiy bilan ikkovlari Moskvaga uchib borishni taklif qilgandi. U Fransiyaning Le Point jurnaliga bergan intervyusida bunday safar davomida Ukraina prezidenti xavfsizligining kafolati boʻlishini aytdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media