RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Oʻzbekistonliklarga AQShga safar uchun yangi talablar eslatildi

2026-yil 16-noyabrdan AQShga, u orqali tranzitda yoki AQShdan uchadigan yoʻlovchilar parvozdan oldingi 21 kun ichida DR Kongoda boʻlmaganini tasdiqlovchi Attestation taqdim etishi kerak.

17-noyabr, 23:26
Sunnya343 / Wikimedia Commons

Uzbekistan Airways AQSh Transport xavfsizligi maʼmuriyati (TSA) va AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) talablari asosida joriy etilgan xalqaro parvozlar uchun qoʻshimcha qoidalar haqida maʼlum qildi. Bu choralar Ebola virusi tarqalishiga qarshi kurash bilan bogʻliq.

Qoidalar 2027-yil 16-fevralgacha amal qiladi. Ular AQShga safar rasmiylashtirayotgan, AQSh hududi orqali tranzit bilan oʻtayotgan, shuningdek AQShdan uchayotgan yoʻlovchilarga taalluqli.

AQShga reysga chiqishdan oldin yoʻlovchi parvozdan avvalgi 21 kun davomida Kongo Demokratik Respublikasi hududida boʻlmaganini tasdiqlovchi hujjatni (Attestation) taqdim etishi kerak. Hujjat roʻyxatdan oʻtish peshtaxtasida va samolyotga chiqishdan oldingi hujjatlar tekshiruvida koʻrib chiqiladi.

Aviakompaniya safarni rejalashtirishda ushbu talabni hisobga olishni va parvozoldi barcha tartib-taomillardan oʻtish uchun aeroportga oldindan kelishni tavsiya qildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media