Britaniya qirollik oilasi Robert Pattinsonni Jeyms Bond roliga tayinlangani bilan tabrikladi
Britaniya monarxiyasi vakillari franshizaning yangi filmlarida mashhur 007 agenti rolini ijro etadigan aktyorni kutib oldi.

16 noyabr kuni Amazon MGM Studios Robert Pattinsonni Jeyms Bond rolining yangi ijrochisi sifatida eʼlon qildi. «Sumerki», «Betmen» va «Mikki 17» filmlari orqali tanilgan aktyor kino tarixidagi eng mashhur josuslardan birini ekranda gavdalantirish imkoniyatiga ega boʻldi.
Bu xabarga Britaniya qirollik oilasi ham munosabat bildirdi. Monarxiya vakillari rasmiy bayonotda Pattinsonni tabriklab, qisqa jumlani eʼlon qildi: «Janobi oliylarining maxfiy xizmatiga xush kelibsiz, janob Bond».
Yangi filmga Deni Vilnyov rejissyorlik qiladi. Suratga olish ishlarini 2027 yilda boshlash rejalashtirilgan. Syujet tafsilotlari va franshizaning keyingi rivoji haqidagi maʼlumotlar hozircha oshkor etilmagan.






