RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Qishda gaz taqsimotida aholiga va ijtimoiy obyektlarga ustuvorlik beriladi

Qishda gaz taqsimotida turar joylar, maktablar, bolalar bogʻchalari va shifoxonalarga ustuvorlik beriladi. Vazirlar Mahkamasi 2026–2027-yillar mavsumida taʼminot tartibini tasdiqladi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati. Hujjat 1-oktabrdan 31-martgacha boʻlgan davrni qamrab oladi.

16-noyabr, 13:11

Ustuvor isteʼmolchilar qatoriga strategik jihatdan muhim obyektlar ham kiradi. Aholi va ijtimoiy muassasalarni gaz bilan taʼminlash uchun havo keskin sovib ketganida boshqa toifadagi isteʼmolchilarga yetkazib beriladigan gaz hajmi vaqtincha qisqartirilishi mumkin.

Energetika vazirligi va gaz taʼminoti tashkilotlari ob-havo hamda mavjud resurslarni hisobga olgan holda sutkalik va oʻn kunlik jadvallarni tuzadi. Keyingi oy uchun rejalarni respublika komissiyasi tasdiqlaydi. Gazni shahar va tumanlar boʻyicha taqsimlash bilan hokimliklar «Hududgaztaʼminot» boʻlinmalari bilan birgalikda shugʻullanadi.

Magistral gaz quvurlaridagi bosim pasaysa yoki mavjud gaz hajmlari kutilmaganda oʻzgarsa, jadvallar tezkor ravishda qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Aholi va ijtimoiy obyektlarga beriladigan ustuvorlik saqlanib qoladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media