Huawei oʻz operatsion tizimida 100 mln qurilmaga erishilganini eʼlon qildi
Xitoyning Huawei kompaniyasi HarmonyOS operatsion tizimidan foydalanadigan smartfon, planshet va kompyuterlar soni 100 mln.dan oshganini maʼlum qildi. Bu Androidʼga muqobil boʻlishi kerak boʻlgan kompaniyaning oʻz dasturiy platformasini rivojlantirishdagi muhim bosqichdir.

Bu natijaga erishilgani haqida Huawei ijrochi direktori Yu Chengdong 2026-yil 24-noyabr kuni maʼlum qildi. Statistikaga HarmonyOS 5, 6 va 7 versiyalarida ishlaydigan qurilmalar kiritilgan.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, ekotizimda hozirning oʻzida 460 mingdan ortiq ilova va xizmat mavjud, roʻyxatdan oʻtgan dasturchilar soni esa 12 mln.dan oshgan.
HarmonyOSʼning yangi versiyasining asosiy xususiyati shundaki, u endi Android negizidan foydalanmaydi va odatiy Android ilovalarini ishga tushirishni qoʻllab-quvvatlamaydi. Shu sababli Huawei dasturchilar hamda xizmatlar provayderlarini jalb qilgan holda oʻz dasturiy ekotizimini yaratishiga toʻgʻri keldi.
Kompaniyaga 100 mln qurilma marrasiga yetish uchun tizimning yangi arxitekturasi 2024-yil oktabrida tijoriy ishga tushirilganidan boshlab taxminan 25 oy kerak boʻldi.






