RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Tanqidchilar GTA 6’ni eng yaxshi oʻyinlardan biri deb atadi

IGN oʻyinlar nashri Grand Theft Auto VI sharhini eʼlon qilib, Rockstar Gamesʼning uzoq kutilgan loyihasiga eng yuqori — 10 balldan 10 ball — baho berdi. Sharhni oʻyinda 120 soatdan koʻproq vaqt oʻtkazgan jurnalist Lyuk Rayli tayyorlagan.

19-noyabr, 01:36
ign.com

Sharhlovchi GTA 6’ning eng katta ustunligi sifatida nihoyatda batafsil ishlangan ochiq dunyoni koʻrsatdi. Voqealar xayoliy Leonida shtatida kechadi, uning markaziy lokatsiyasiga esa yangilangan Vays-Siti aylandi. Oʻyinchilar munosabatlari syujetning muhim qismiga aylanadigan jinoyatchilar juftligi — Jeyson va Lyusiya — hikoyasini kuzatib borishlari kerak boʻladi.

Jurnalist yakuniy xulosasida GTA 6’ni oʻzi oʻynagan eng taʼsirli videooʻyin deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, Rockstar avvalgi qismlarning formulasini sezilarli darajada rivojlantira olgan va unda tadqiq qilish uchun yangi tafsilotlar hamda imkoniyatlar muntazam uchrab turadigan dunyoni yaratgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media