Sinnerga operatsiya xavfi bor: tizzani konservativ davolash samara bermadi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannick Sinner tizzasidagi jarohat boʻyicha mutaxassislar bilan maslahatlashish uchun AQShga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Italiyaning Vanity Fair Italy nashri yozmoqda.

Jurnal maʼlumotlariga koʻra, konservativ davolash hozircha «Katta dubulgʻa» turkumidagi turnirlarning besh karra gʻolibi kutgan natijani bermadi. Italiyalik tennischi kortga hamon qaytmadi: u toʻlaqonli mashgʻulotlarni hali qayta boshlagani yoʻq.
Sinner jamoasida hozircha operatsiya masalasi muhokama qilinmagan. Biroq oʻrta muddatli istiqbolda bunday ehtimol ham istisno etilmayapti: agar tizzadagi ogʻriq oʻtmasa va davolash ham taʼsir qilmasa, jarrohlik aralashuvisiz iloj boʻlmasligi mumkin.
Sinner Uimbldon-2026dagi gʻalabasidan keyin ATP turnirlarining birortasida ham qatnashmadi.






