NVIDIA nutqni tiklashga yordam beruvchi neyroimplantlarni ixchamlashtirishga koʻmaklashadi
Amerikaning NVIDIA kompaniyasi neyrointerfeyslar ishlab chiquvchisi Paradromics bilan hamkorlik qildi. Qoʻshma ish nutqida buzilishlar boʻlgan odamlarga miya signallari yordamida muloqot qilish imkonini beradigan yanada ixcham qurilmalarni yaratishga qaratilgan.

Paradromics texnologiyasi miyaning elektr faolligini qayd etish va sunʼiy intellekt yordamida uni soʻzlarga aylantirish imkonini beradi. Kompaniya implantiga nerv hujayralari signallarini qayd etuvchi 400 dan ortiq elektrod oʻrnatilgan. Kompyuter ularni tahlil qiladi, taxminiy nutqni ekranga chiqaradi va ovozli shaklda ifodalaydi.
Hozirda maʼlumotlarni qayta ishlash uchun foydalanuvchilarning harakatchanligini cheklaydigan katta hajmli uskuna talab etiladi. NVIDIA Jetson hisoblash modulini va Holoscan dasturiy platformasini taqdim etadi. Ular signallarni qayta ishlashni inson yonidagi kichik qurilmaga koʻchirish imkonini beradi.
Hamkorlar sintez qilingan nutqni yanada tabiiy va ifodali qilish uchun sunʼiy intellekt modellaridan foydalanishni ham rejalashtirmoqda. Maʼlumotlar mahalliy tarzda qayta ishlanganda, qurilma internetga doimiy ulanmasdan ishlay oladi.
WIRED maʼlumotlariga koʻra, NVIDIA oʻz neyrointerfeyslarini ishlab chiqayotgan Synchron kompaniyasi bilan ham hamkorlik qiladi. Kompaniya foydalanuvchilarning miya faolligi haqidagi maʼlumotlarga kirish huquqini olmasligini bildiradi.






