Xakim Jeffris AQSh Vakillar palatasi spikeri lavozimiga nomzod qilib koʻrsatildi
Demokratlar AQSh Vakillar palatasidagi ozchilik yetakchisi Xakim Jeffrisni spiker lavozimiga rasman nomzod qilib koʻrsatdi.
19-noyabr, 14:24

bbc.co.uk
Spiker saylovi 3-yanvar kuni, Kongressning yangi chaqirigʻi ish boshlaganida boʻlib oʻtadi. Demokratlar Vakillar palatasida kamida 257 oʻrinni qoʻlga kiritadi, biroq yetti saylov okrugidagi natijalar hozircha aniqlanmagan.
Spiker AQSh prezidentlik vakolatlarini meros qilib olish navbatida uchinchi oʻrinda turadi. Jeffrisning bu lavozimga saylanishi kutilayotgan voqea hisoblanadi.
Chorshanba kuni demokratlar yopiq ovoz berish orqali Jeffrisni oʻz yetakchisi etib qayta sayladi. U 2023-yildan beri Vakillar palatasidagi partiya ozchiligiga rahbarlik qilmoqda.






