Tayson Fyurining rafiqasi erida shizofreniya tashxisi qoʻyilgani haqida gapirdi
Bokschi Tayson Fyurining rafiqasi Parij Fyuri Netflix hujjatli filmida uning 2016-yilda shizofreniyaning yengil shakli tashxisi qoʻyilganini aytdi.
24-noyabr, 00:45

sports.ru
2016-yil iyun oyida Tayson Fyuri yurak xurujiga shubha ostida shifoxonaga tushdi. Parijning soʻzlariga koʻra, oʻsha paytda u illuminatlar fitnasi haqida gapirib, ular uni oʻldirmoqchi ekanini taʼkidlagan.
Fyurining oʻzi radio u bilan muloqot qilgani va u «oʻzini yaxshi tutmasa», otasini oʻldirish bilan tahdid qilganini aytgan.
11-dekabr kuni bokschi britaniyalik Entoni Joshua bilan jang oʻtkazadi.






