Uels terma jamoasi murabbiyi Bellami portugaliyaliklarni Ronalduga uning futboldagi hissasi uchun minnatdor boʻlishga chaqirdi
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kreyg Bellami Portugaliya bilan Millatlar ligasi uchrashuvi arafasida terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Mutaxassisning aytishicha, muxlislar portugaliyalik futbolchining oʻyinini koʻrish imkoniga ega boʻlganlari uchun minnatdor boʻlishlari kerak. «Uni qadrlang. Uning maydondagi oʻyinini koʻrish imkoniga ega boʻlganimiz uchun minnatdor boʻling. Men minnatdorman. Siz, portugaliyalik muxlislar esa ikki karra minnatdor boʻlishingiz kerak: u mamlakatingiz sharafini himoya qildi. Uning futboldagi izi abadiy qoladi», — deya Bellamidan iqtibos keltiradi Madrid Xtra.
41 yoshli hujumchining terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mojaro bilan kechdi. Noyabr oyi boshida Ronaldu Daniya bilan oʻyin oldidan bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan mojaro ortidan jamoa qarorgohini tark etdi. Portugaliya futbol federatsiyasi futbolchini 30 kunga chetlatdi va unga € 255 miqdorida jarima soldi. Koʻp oʻtmay, Krishtianu endi terma jamoa safida boshqa oʻynamasligini eʼlon qildi.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 234 ta uchrashuv oʻtkazib, 146 ta gol urgan. Har ikkala koʻrsatkich ham erkaklar xalqaro futboli tarixidagi rekord hisoblanadi. U terma jamoadagi soʻnggi uchrashuvini sentyabr oyida oʻtkazgan: oʻshanda portugaliyaliklar Uelsni 1:0 hisobida magʻlub etgan.






